Andijon viloyatida yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Andijon harbiy prokuraturasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan Andijon tumanidagi 15-umumta'lim maktabi o‘quvchi yoshlari bilan harbiy-vatanparvarlik uchrashuvi o‘tkazildi.

 

O‘quvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida hamda ular yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.