FVV qutqaruvchilari tomonidan chuqurlikka tushib ketgan 15 yoshli qiz sog‘-salomat olib chiqildi

Kecha, 28-aprel kuni soat 19:36 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Hamza” MFY Sh.Rashidov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning 15 yoshli qizi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida hovlisidagi chuqurlikka tushib ketganligi va uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab, Chinoz tumani FV bo‘limiga tashvishli xabar kelib tushgan. 

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlar yordamida qizni chuqurlikdan sog‘-salomat chiqarib olgan va psixologik hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. Qizning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli shifoxonadan uyiga javob berib yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.