Vazir o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev boshchiligidagi Ishchi guruhning Navoiy viloyatidagi o‘rganishlar o‘z yakuniga yetdi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-28 aprel kunlari Navoiy viloyati FVBning barcha shahar, tuman bo‘limlari, yong‘in-qutqaruv qismlari hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazlari shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy ruhiy tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ijtimoy himoya, moddiy va tibbiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratilib, mas’ullarga ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ishchi guruhning o‘rganish ishlari Samarqand viloyati FVBda davom etadi.