FVV xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda

Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan loyiha doirasida erta tongdan a'lo kayfiyat va hamjihatlik bilan Toshkent viloyati Zangiota tumani “Quyoshli” MFYdan vazirlikka ajratilgan yer maydoniga  1000 tup manzarali ko‘chatlar ekildi.  Shuningdek, obodonlashtirish, hududlarda mavjud daraxtlarni butalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.