Qashqadaryo viloyatida gidrotexnika inshootlari o‘rganildi

Qashqadaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼullari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlarining oldini olish hamda ularni xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, viloyat hududidagi ayrim suv omborlarining holati oʻrganildi.

 

O‘rganishlar davomida soyning o‘zanini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirilib, suv havzalari xodimlariga texnik mustahkamlikni taʼminlash borasida mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.