Axborot xabarnoma

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 7-8 fevral kunlari A-373 “Toshgkent-O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tkan qismida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

 

2024-yil 6-12 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

 

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

 

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

 

Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

 

Jizzah viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

 

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

 

Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

 

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.