Axborot xabarnoma

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 16-22 aprel kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 m balandlikda, jumladan: 
🔹Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida; 
🔹Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida; 
🔹Samarqand viloyati: Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida; 
🔹Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida; 
🔹Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron, tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
🔹Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi e’lon qilinаdi.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.