Axborot xabarnoma

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 27-dekabr kuni A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m. gacha pasayishi, shamol tezligi 15 – 20 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil 25-29 dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan: 
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
 Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.