Axborot xabarnoma

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 9-14 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga shimoldan bosqichma - bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10 - dekabrda shimoliy va cho'l hududlarida, 11 - dekabrda respublika bo'yicha yog‘ingarchilik (yomg'ir, qor) kuzatiladi, tog‘ oldi va tog'li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14 dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqqacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

💢Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.