Axborot xabarnoma

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 21-23-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
21-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 22-noyabrda respublikaning katta qismida, 23-noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
22-noyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida, 23-noyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda kuchli yomg'ir yog‘adi.
22-23-noyabrda respublikaning togli hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo'ladi.
Respublika bo'yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Havo harorati kunduz kunlari 10-15 darajagacha, kechalari 3-6 daraja iliqqacha pasayadi, shimolda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin.
22-23-noyabrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.