Andijon viloyatida Toshqinga qarshi komissiya a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat hokimligi rahbariyati tarkibi, Andijon harbiy prokurori va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida viloyat Toshqinga qarshi komissiya a’zolari bilan sel, suv toshqinlarini oldini olish va sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.  Unda komissiya tomonida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.