FVVda tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Kecha, 7-may kun Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev ishtirokida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan xayriya tadbiri o‘tkazildi. Unda tizimda uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar va xizmat chog‘ida vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga hurmat ehtirom ko‘rsatildi. 

 

Tadbirning ikkinchi qismida FVV Akademiyasi qoshidagi ofitserlar tayyorlash kursini tamomlagan 19 nafar oddiy askar va serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat qilayotgan oliy maʼlumotli harbiy xizmatchilarga dastlabki ofitserlik “leytenant” harbiy unvonlari tantanali ravishda topshirildi.