Marhamat tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot

Bugun, 11-fevral kuni soat 14:00 da Andijon viloyati, Marhamat tumani, "Oʻzbekiston" MFYda joylashgan ikki qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:06 da yetib borib, yong‘in soat 14:16 da o‘rab olingan va soat 14:44 da o‘chirilgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.

Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.