Yoshlarni qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Andijon harbiy prokuraturasi hamkorligida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Shaxrixonsoy MFYda joylashgan 5-sonli, Birlik MFYda joylashgan 53-sonli umumta’lim maktablarining 9,-10,-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish tartibi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.