Toshkent viloyatida qoʻmondonlik shtab-oʻquv mashqi boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent viloyati hokimligi boshchiligida FVDTga kiruvchi korxona hamda tashkilotlar kuch va vositalari ishtirokida qoʻmondonlik shtab-oʻquv mashqi boʻlib oʻtdi. Oʻquv mashqining asosiy maqsadi viloyatda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, kommunal-energetika tarmoqlarining barqaror ishlashini taʼminlash, aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr va issiqlik energiyasi, suv, gaz resurslarini barqaror yetkazishda roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etishdan iborat bo‘ldi.