FVV tizimida xizmat tashkil etilishining samaradorligi bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda

Navbatdagi manzil, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari bo‘ldi. Unda viloyat FVB ishchi guruhlari tomonidan yong‘in-qutqaruv qismlari va maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadida navbatchi smena xizmatining tashkil etilishi samaradorligi o‘rganilib, qo‘shimcha ko‘nikmalar berildi.

Ishchi guruhlar tomonidan Yong‘in-qutqaruv qism va otryadlariga amaliy yordam berish davomida qutqaruvchilarning, kun tartibiga rioya qilishlariga, tasdiqlangan dars jadvalidagi nazariy mashg‘ulotlarning o‘zlashtirishlariga, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in yoki favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda nafas olishga yaroqsiz muhitda ishlash ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, ularning jismoniy imkoniyatlari va jangovar shayligi vazirlikning amaldagi buyruqlariga asosan Yong‘in-qutqaruv saf tayyorgarligi me’yorlari bo‘yicha sinovlar olindi.