Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti harbiy xizmatchilari "Temuriylar tarixi" davlat muzeyiga tashrif buyurishdi

Mamlakatimizda tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish el-yurtimiz hayotida go‘zal an’anaga aylandi. “Moziyga sayohat” dasturi doirasida “O‘z hayotlari va bor kuch - g‘ayratlarini davlat qurish hamda aholini tinch totuv yashashiga sharoitlar yaratish uchun safarbar etgan bobolarimizga bag‘ishlangan "Temuriylar tarixi" davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida muzeyning tarixiy va qimmatbaho eksponatlari hamda ko‘rgazmali materiallari harbiy xizmatchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.