FVV qutqaruvchilari bolajonga amaliy yordam ko‘rsatdi

Kecha, 9-fevral kuni soat 19:56 da Republika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazidan, 2022-yilda tug‘ilgan bolajonning ko‘rsatkich barmog‘i temir jismga kirib qolganligi va unga yordam kerakligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, bolajonning barmog‘idagi temir jismni maxsus asbob-anjomlar yordamida ehtiyotkorlik bilan olib tashlab, shifokorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Qizaloq sog‘-salomat onasiga topshirildi.