Olot tumanida profilaktika tadbirlari olib borildi

Buxoro viloyati FVB va "LUOK” MCHJ Obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan Olot tumani FV bo‘limi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tumandagi aholi xonadonlarida yong'in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish va havo gaz aralashmasi chaqnashining oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari olib borildi. Shuningdek, elektr energiyasi va gaz tarqatish tizimlarining sozlik holatlari o‘rganildi.