Bolalar onasiga topshirildi

Kuni kecha, 7-fevral kuni soat taxminan 21:05 da Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga “Ayg‘irko‘l” MFY Amir Temur ko‘chasi 3-uyning 3-qavatidagi xonadonlarning birida ikkita yosh bola qulflanib qolganligi to‘g‘risida onasi tomonidan tashvishli xabar kelib tushgan.

 

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga Yakkabog‘ tumani FVB yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi zudlikda yetib borib, uy ichida qulflanib qolgan bolalarni onasiga eson-omon topshirdi.