Yoshlar yetakchilari bilan o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi bilan hamkorlikda joriy yilning 8-fevral kuni Jamoat xavfsizligi universitetida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, DXX Chegara qo‘shinlari Toshkent viloyati boshqarmasi, FVV viloyat boshqarmasi, IIV Toshkent viloyati boshqarmasi harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan “Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi. 

Seminarda mavzuga doir ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi.