Qutqaruvchilarning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazilmoqda

Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari FVB ishchi guruhi tomonidan yong‘in-qutqaruv qismlarida navbatchi smena xizmatining tashkil etilishi va xizmat hujjatlarini sifatli yuritilishi o‘rganib chiqildi.

 

O‘rganishlar davomida navbatchi smena shaxsiy tarkibining kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilib, vazirlikning me’yoriy buyruq talablari asosida sinovlar qabul qilindi. Shuningdek, yong‘in-qutqaruv qismlari tomonidan hizmat hujjatlarini o‘z vaqtida sifatli yuritilishi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va joylardagi birinchi rahbarlar tomonidan ijrosini ta’minlash bo‘yicha nazorat o‘rnatildi.