9-fevral - Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida quyi tizimdagi bo‘lim va bo‘linmalar o‘rtasida Alisher Navoiyning hayot va ijodiga bag‘ishlangan navoiyxonlik ma’naviy-ma’rifiy tadbir bellashuv tariqasida tashkil etildi.

 

Tadbirda ishtirok etgan xizmatchi va harbiy xizmatchilar tomonidan shoirning she’r va g‘azallari yod etildi hamda sahna ko‘rinishlari bilan buyuk mutafakkir gavdalantirildi.

 

Bellashuv g‘oliblari boshqarma boshlig‘i tomonidan munosib rag‘batlantirildi.