"Yosh qutqaruvchi" musobaqasi Andijon viloyatida

O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan "Yoshlar va volontyorlikni rivojlantirish" xalqaro loyihasi doirasida Andijon viloyati FVB va QYaOJ viloyat tashkiloti tomonidan Andijon tumani umumta'lim maktabining "Yosh gvardiyachilar" va "Temurbeklar" jamoalari o‘rtasida "O‘zinga va o‘zgalarga yordam ber! " shiori ostida "Yosh qutqaruvchi" musobaqasi o‘tkazildi.

 

Musobaqaning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishda tezkorlik va aniqlik darajasini amalda sinab ko‘rishdan iborat.

 

Musobaqa yakunida maktab jamoalari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.