Sirdaryo viloyatida targ‘ibot-profilaktik tadbirlari

Sirdaryo viloyati FVB tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Oqoltin tumanida mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Dastlab, aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha nazorat ishlari amalga oshirildi va xonadonlarda aniqlangan qoida buzilish holatlari mas’ullarni jalb qilgan holda joyida bartaraf etildi.

Shuningdek, yoshlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lgan vaqtda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ta’lim maskanlarida tushuntirish ishlari olib borildi. Maktab o‘quvchilari yong‘in-qutqaruv avtomobillari va texnikalar namoyishini tomosha qilib, qutqaruvchilik kasbiga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi.