Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari Surxondaryo viloyatida

Oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda qutqaruvchilik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Termiz tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan umumtaʼlim maktablarining oʻquvchilari uchun Yongʻin-qutqaruv qismida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.

 

Uchrashuv davomida oʻquvchilar yong‘in-qutqaruv qism bilan yaqindan tanishib, qutqaruvchilar tomonidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.