Orol dengizi hududida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish  tadbirlarida suv quduqlarining afzalliklari

Bugungi kunda tobora globallashib borayotgan ekologik omillar va hodisalar muhofaza bilan bog‘liq tadbirlar samaradorligini oshirishni taqozo qiladi. Shu ma’noda, aytish kerakki, Orol dengizining suvi qurigan tubida va Orolbo‘yi hududlarida «yashil qoplama»lar barpo etish,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yerlarni o‘zlashtirish, yer maydonlarini tomchilatib sug‘orish tizimini yaratish, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarini amalga oshirish ishlariga FVV tizimi shaxsiy tarkibi  ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 

Xususan,  Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Bo‘zatov, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlaridagi 41 ta aholi punktida burg‘ulash orqali quduq qazish ishlari tashkil etilib, 26 ta ovul fuqarolar yig‘inlari hududidagi 100 dan ortiq joylarda 15-500 metr chuqurlikdagi quduqlarni burg‘ulash ishlari natijasida mahalliy aholi ta’minoti hamda Orolbo‘yi hududini ko‘kalamzorlashtirish uchun 180 dan ortiq artizan quduqlari tayyorlandi.

Suv tanqis bo‘lgan hududlarda yer osti suv quduqlardan foydalanish, hamda  suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, mintaqada kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatadi, shuningdek, dexqonchilik ishlab chiqarish va ist’emol uchun xizmat qiladi.