FVV qutqaruvchilari "Qamchiq" dovonida harakatlanaolmagan  avtomobillarning haydovchilarga yordam ko‘rsatdi

 

Avval xabar berganimizdek, "Qamchiq" dovonida tuni bilan qalin qor yoqqan vaqtda FVV va tegishli xizmatlar hamkorligida nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalari, shuningdek, yoʻlovchilarga yordam ko‘rsatildi. Shu bilan birga haydovchi va yo‘lovchilarni isinishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida avtomobil yo‘l chetlarida issiq ovqat, choy va kofelar tayyorlanib, tarqatildi.