Qutqaruvchilarning jangovar shayligi sinovdan o‘tkazilmoqda

Buxoro viloyat FVB ishchi guruhi tomonidan yong‘in-qutqaruv qismlarida navbatchi smena xizmatni tashkil etilishi va xizmat hujjatlarining sifatli yuritilishi o‘rganib chiqildi. 

 

O‘rganishlar davomida navbatchi smena shaxsiy tarkibining kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligiga aloxida e’tibor qaratilib, vazirlikning me’yoriy buyruq talablari asosida sinovlar qabul qilindi. Shuningdek, yong‘in-qutqaruv qismlari tomonidan hizmat hujjatlarini o‘z vaqtida sifatli yuritilishi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi va joylardagi birinchi rahbarlar tomonidan ijrosini ta’minlash nazoratga olindi.