“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida 

Respublikamizning barcha hududlarida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Tadbir davomida aholi yashash xonadonlari, qurilish, ijtimoiy va boshqa obyektlarda aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish va to‘g‘ri harakat qilish tartibi bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berilmoqda. Albatta, bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazib borilishi aholini va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga xizmat qiladi.  Bu kabi tadbirlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.