Muzeyga sayohat

Kecha, 4-fevral kuni FVV Akademiya Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘limi, Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi hamda ofitserlari mas’ulligida, Akademiya kursantlari bilan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi”ga tashrif buyurdi.

 

Tashrif davomida muzeyning tarixiy va qimmatbaho eksponatlari hamda ko‘rgazmali materiallar kursantlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Kursantlarga muzey xodimasi tomonidan muzey tarixi, undagi eksponatlar, turli xil sur’at va ko‘rgazmalar to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. Muzeydagi eksponatlar va ko‘rgazmalar har bir tashrif buyuruvchilar qalbida iliq taassurotlar qoldirdi.