Targ‘ibot guruhlari tomonidan olib borilayotgan tadbirlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Targ‘ibot guruhlarining navbatdagi manzili “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi, Navoiy viloyati Zarafshon shahar FV bo‘limi va yong‘in qutqaruv qismlari bo‘ldi. Amaliy tashrif davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, vazirlik tizimiga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tartibi to‘grisida uchrashuvlar o‘tkazildi.