MUSTAQILLIK KUBOGI 

Torshkent shahridagi “Zakovat Arena” yopiq majmuasida 2023-yil 9-sentabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha vazirlik va idoralar o‘rtasidagi “Mustaqillik kubogi” bo‘lib o‘tdi.
      
Mazkur intellektual o‘yinda 50 ga yaqin jamoalar qatnashishdi. Qiziqarli va yuqori saviyada tashkil etilgan intellektual o‘yinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan FVV Akademiyasi harbiy xizmatchilaridan tarkib topgan Akademiya terma jamoasi ham faol ishtirok etdi.