Harbiy vatanparvarlik tadbirlari

Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB boshlig'i podpolkovnik A.S.Davletov boshchiligida boshqarma tarkibidagi yosh harbiy xizmatchilar hamda boshqarmaga amaliyot o‘tayotgan FVV Akademiyasi kursantlari bilan Shimoliy-g'arbiy okrugning madaniyat saroyida uchrashib, Muhtaram Prezidentimiz – Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev asos solgan yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi va "O'zbekiston - 2030 strategiyasi" da milliy armiyamizga qaratilgan alohida e'tibor, Favqulodda vaziyatlar vazirligi oldiga qo'yilgan vazifalar hamda yoshlarda vatanparvarlik, kasbga, burchga sadoqatli bo'lish mavzularida yosh kadrlar bilan ochiq muloqqot o'tkazildi.

 

Tadbir davomida Shimoliy-g'arbiy okrug tarixi muzeyiga ekskursiya tashkil etilib, yosh xodimlar ota-bobolarimizning shonli jangovar tarixi bilan yaqindan tanishdi.