Loyiha-qurilish tashkilotlari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi

Toshkent shahar FVB tomonidan loyiha-qurilish tashkilotlari yetakchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. Tadbirda loyiha-qurilish ishlarida korrupsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

 

Shuningdek uchrashuv davomida qurilish ishlari vaqtida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar loyiha-qurilish tashkilotlari yetakchilari bilan muxokama qilindi.