Surxondaryo talabalari bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati FVB tomonidan qish mavsumida talaba-yoshlar o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda talabalarning bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida Termiz davlat universitetida profilaktik tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda mutaxassislar tomonidan is gazidan zaharlanishning oldini olish va qo‘lbola isitish moslamalaridan noqonuniy foydalanishning salbiy ta’sirlari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.