“Chorshanba – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” tadbirlari

Joriy yilning 31-yanvar kuni Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan joylarda qator davra suhbatlari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Tadbirlar doirasida 325 nafar “Toshkent irrgiatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabalari, 215 nafar Toshkent viloyati Qibray tumanidagi, 312 nafar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani o‘quvchilarining zilzilada to‘g‘ri harakatlanish, is gazi va botulizmdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalari oshirildi.