Xalqaro hamkorlik

Qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi Almati shahri yaqinidagi o‘quv poligonida “Jer-2023” xalqaro qo‘mondonlik o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashqlariga Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar, shuningdek, mazkur mamlakatning boshqaruv, hududiy va funksional organlari jalb qilindi.

Mashg‘ulotlarga kuzatuvchi hamda hamkorlikdagi harakatlarni amalga oshiruvchi davlatlar sifatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon Respublikalaridan ham ishtirokchilar taklif etildi.
O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, Almati shahrida yuzaga kelgan yirik favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon Respublikalari kuch va vositalarining birgalikdagi amaliy harakatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi boshlig‘i polkovnik Sobir Abdurahmonov va Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Sarim Sharipxanovlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri videokonferensaloqa tizimida o‘quv mashg‘ulotlari yakuni bo‘yicha kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari baholandi, shu bilan birga, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro kelishib olindi.

Tadbir Almati viloyatining o‘quv poligonida musobaqa shaklida davom ettirilmoqda. Uning natijalari xususida gazetamizning navbatdagi sonida ma'lum qilamiz.