Kelajakka qadam... 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida FVV Akademiyasi kursantlarining bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotini tashkil etish bo‘yicha boshqarma rahbariyati hamda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari ishtirokida yo‘riqnoma tashkil etildi. Kursantlarning bitiruv malakaviy ishlarini samarali bajarishlari uchun har biriga alohida FVB bo‘lim boshliqlaridan murabbiylar biriktirildi. Shuningdek yig‘ilishda Akademiyada mavjud vakant lavozimlarga malakali mutaxassislar bilan jamlash maqsadida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari joylardagi zamonaviy yirik sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonlari bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ qo‘shma korxonasiga Akademiya professor-o‘qituvchilari tashrif buyurib, o‘zlarining ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarini berdi.