Is gazi hayot uchun xavfli!

Sirdaryo viloyati FVB xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida is gazidan zaxarlanishning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.  

Ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari vaqtida dudbo‘ronlarning isitish pechlariga to‘g‘ri o‘rnatilganligi hamda ularning soz holatda ekanligiga e’tibor berilib, xonadon egalariga xavfsizlik qoidalari eslatilmoqda.