"YOSHLAR BILAN BIR KUN"

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Qarshi shahar 2-sektor yoshlari bilan “Yoshlar bilan bir kun” loyihasi asosida uchrashuv o'tkazildi.

Dastlab uchrashuvda, rahbar va yoshlar o'rtasida erkin muloqot tashkil etildi va yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Jarayonda, taklif etilgan yoshlar uchun Qutqaruv xizmatiga oid texnikalar va ulardagi zarur asbob-anjomlar namoyishi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv doirasida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Qarshi shahridagi “S-Smart” televizor ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi.
Yoshlarni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, korxona rahbari va mas’ullari tomonidan ishlab chiqarish bloklaridagi yuqori texnologiyalarga asoslangan qurilmalar va uskunalar bilan tanishtirildi.