Namangan viloyatida stol tennisi birinchiligi o‘tkazildi

Joriy yil 26-yanvar kuni Namangan viloyati FVB va uning quyi tizimi shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Barkamol avlod” sport majmuasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. 

Unda Namangan shahar va tumanlarda sportning stol tennisi turi bo‘yicha saralangan g‘oliblar ishtirok etdi. Musobaqa murosasiz va hayajonlarga boy o‘tdi. 

Musobaqa yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i kapitan Feruz Yuldashev;
2-o‘rin Namangan shahar FVB xodimi oddiy askar Otabek Abobakirov;
3-o‘rin Kosonsoy tumani FVB xizmatchi Umid Qosimovlar qo‘lga kiritdi. 

Musobaqa g‘oliblariga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.