Jizzax viloyatida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasidagi tadbirlar

Viloyatning barcha shahar, tumanlarida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlari, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda targ‘ibot ishlari olib borilib, unda fuqarolarga is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda. Bukabi tadbirlar davom ettirilmoqda.