Toshkent shahar FVB tashabbusi bilan talabalarda mavjud muammolarni ijobiy hal qilish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Toshkent shahar FVB boshchiligida Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar IIBB, “Hududgazta’minot” AJ, “Yong‘inga qarshi kurashish jamiyati” MCHJ bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda talabalar yashayotgan ijara xonadonlarining holati va xavfsizligini ta’minlash hamda talaba-yoshlar orasida is gazidan zaharlanish hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Suhbat davomida taklif qilingan talabalar va o‘quvchilarga mas’ul  yetakchilarning barcha takliflari etiborga olingan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.