#online

🔰Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Respublika hududlaridagi dovon yo‘llarida harakat xavfsizligini ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar" mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. 

⭕️Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'ullari ishtirok etib, aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar bermoqda.

⭕️Shuningdek, OAV vakillari mavzu doirasida mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha  javoblar olmoqdalar.

💢Ushbu matbuot anjumanini "Uzreport" telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.