Sirdaryo viloyatida doimiy ravishda nazorat-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda 

Navbatdagi tadbir Boyovut tumani FV bo‘limi xodimlari tomonidan oʻtkazilib, unda daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarida fuqarolarni is gazidan zaharlanishi, gaz-havo aralashmasinig chaqnashi, yong‘inlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida kuchaytirilgan tartibda keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borildi. Tadbir jarayonida fuqarolarga isitish jihozlariga yanada eʼtiborli boʻlishini taʼminlash maqsadida zaruriy eslatma materiallari tarqatildi.