FVV qutqaruvchilari "Qamchiq" dovonida harakatlanaolmagan avtomobillarning haydovchilariga yordam ko‘rsatmoqda

Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonida qor yog‘ishda davom etmoqda. FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yo‘lda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga haydovchi va yo‘lovchilarni isinishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida avtomobil yo‘l chetlarida issiq ovqat, choy va kofelar tayyorlanib, tarqatilmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.