“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Bugun, 29-yanvar kuni soat 10:20 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovonida kuchli qor yog‘ayotganligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. 

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

 “Taxtaqoracha" dovonini qayta ochilishi bo'yicha FVV Axborot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.