ANONS

Bugun, 29-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Respublika hududlaridagi dovon yo‘llarida harakat xavfsizligini ta'minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.  Ushbu jonli tarzda o‘tkaziladigan matbuot anjumanini  soat 15:00 da "Uzreport" telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.