Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun, 26 yanvar kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilari uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
 
Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev ishtirok etib, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarining murojaatlari tinglandi. 

Sayyor qabul davomida 15 nafar xodimning muammolari joyida hal etilib, 3 nafar murojaatchiga zarur tushunchalar berildi. Shuningdek, 10 ta murojaatlarni qisqa muddatlarda ijobiy hal etish yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va mutasaddi raxbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.